Sevilya — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyati va Sevilya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 702 ming kishi (1998). Gvadalkvivir daryosi boʻyidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, kemasozlik va aviasozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari i.ch.), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo va neft kimyosi sanoatlari korxonalari mavjud. Arxeologiya, nafis sanʼat muzeylari, un-t (1502) bor.
S. qadimda Gispalis deb atalgan. 3-a.da rimliklar, 712 yilda arablar bosib olgan. 1248 yilda Kastiliya va Leon qirolligiga qoʻshilgan. 15-a.da Sdan Kolumbning 1ekspeditsiyasi yoʻlga chiqqan. 15—17-a.larda S. Yevropada eng yirik savdo shaharlaridan edi. Meʼmoriy yodgorliklaridan AlQasr saroyi (12-a. oxiri), gotika cherkovi (13—14-a.lar), kafedrali sobor (sobiq Jome masjidi), "La Xiralda" qoʻngʻiroqxonasi (12, 16-a.lar) va boshqa saqlangan.[1]
SevillaIspaniyaningAndalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Sevilla provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 141,31 km2. Aholisi – ▲ 703 206 kishi (2009).