Liditse
Jump to navigation
Jump to search
Liditse (chex. Lidice, nem. Liditz) — Kladno shahri (Chexiya)ning jan.-sharqida joylashgan shaxtyorlarning tarixiy shaharchasi. 2-jahon urushi davrida nemis fashist bosqinchilari L. aholisini Chexoslovakiya protektori (homiysi) R. Geydrixga suiqasd uyushtirgan chexoslovak vatanparvarlarini yashirganlikda ayblab, 1942 yil 10 iyunda L.ga oʻt qoʻyib, uni yer bilan yakson qilganlar. 15 yoshdan oshgan barcha erkaklar otilgan, bolalar va ayollar konslagerlarga joʻnatilgan. L. nomi Chexoslovakiyaning aholi punktlari roʻyxatidan oʻchirib tashlangan. Chexoslovakiya bosqinchilardan ozod etilgach (1945), L. oʻrnida muzey tashkil etilgan, unga yaqin joyda yangi L. shaharchasi qurilgan.[1]
Manbalar[tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
