Akatsiya
Akatsiya — burchokdoshlar oilasi-ga mansub daraxt va butalar: 1) chin A. (Acacia) — mimozadoshlar kenja oilasi-ga mansub daraxt. 500 ga yaqin turi bor.Ko‘proq Avstraliya (250 dan ortiqroq turi), qisman Afrika va Arabiston ya.o. ida tarqalgan. Keyingi vaqtda A.ning ba’zi turlari boshqa joy-lar (Qora dengiz sohillari)da ham iqlimlashtirilgan. Chin A. mayda pat-simon bargli, to‘pgullari erta bahorda ochiladigan bo‘lgani uchun xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Sene-gal, Efiopiya va Arabiston A.laridan aqoqiyo, ko‘pchilik chin A.turlarining po‘stlog‘idan oshlovchi moddalar olina-di; ba’zi chin A.turlarining mevasi va yog‘ochida ham oshlovchi va yelim moddalar bor; yog‘ochi mebel ishlab chiqarishda foy-dalaniladi; 2) oq A. yoki soxta A. (Robinia pseudoacacia) — kapalakguldoshlar ken-ja oilasiga mansub daraxt (qarang Ots aka-siya); 3) sariq A. (Caragana arborescens) — buta tarzida o‘sadi (qarang Qarag‘ay).
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
