Miley Cyrus
| Miley Cyrus | |
Cyrus 38-People's Choice Awards marosimida, 2012 |
|
| Tugʻilgan paytidagi ismi: | Destiny Hope Cyrus |
| Tavalludi sanasi: | 23-noyabr, 1992 (25 yosh) |
| Tavalludi joyi: | Nashville, Tennessee |
| Faoliyat yillari: | 2001—bugun |
| Janr: | Pop,[1] kantri,[2] rock[3] |
| mileycyrus.com | |
Miley Ray Cyrus (kir. Майли Рэй Сайрус; asl ismi — Destiny Hope Cyrus; t. 23-noyabr, 1992)[4] amerikalik aktrisa va musiqachidir. Country musiqachi Billy Ray Cyrus oilasida tugʻilgan Miley bolaligida Doc seriali va Big Fish filmida kichik rollarda suratga tushdi. 2006-yili Cyrus Disney Channel tayyorlagan Hannah Montana serialida Miley Stewart rolini ijro etib, oʻsmirlar idoliga aylandi. 2007-yili Hollywood Records bilan shartnoma tuzib, teleserial soundtracki va Cyrus'ning debut albomi boʻlgan Hannah Montana 2: Meet Miley Cyrus musiqiy albomini chiqardi. Albom Qoʻshma Shtatlarda uch million nusxada sotilib, "See You Again" singli Billboard oʻnligiga kirdi. Oʻsha yili uning Best of Both Worlds Tour gastroli boʻlib oʻtdi va unga asoslangan Hannah Montana & Miley Cyrus: Best of Both Worlds Concert filmi chiqarildi.
Cyrus'ning ikkinchi albomi, oʻz ichiga muvaffaqiyatli "7 Things" singlini olgan Breakout (2008), milliondan ortiq nusxada sotilib, platina sertifikatiga erishdi. Oʻsha yili u Bolt animatsiyali filmida Penny personajiga ovoz berdi. Film titul ashulasi "I Thought I Lost You" uchun Cyrus Golden Globe mukofotiga nomzod etildi. 2009-yili Cyrus Hannah Montana: The Movie toʻliq metrajli filmida suratga tushdi, filmning soundtracki va bosh singli "The Climb" uni country va adult contemporary musiqa bozorlariga olib kirdi.
Cyrus 2009-yilda chiqqan The Time of Our Lives mini albomi bilan ulgʻaygan obraz va mainstream pop tovushga kirdi. Billboard Hot 100 chartida ikkinchi oʻringa chiqqan "Party in the U.S.A." ashulasi uning oʻsha paytgacha chiqarilgan singllari ichida eng muvaffaqiyatlisi boʻldi. Cyrus obrazining voyaga yetish jarayoni 2010-yilda chiqqan The Last Song filmi va uning uchinchi, Can't Be Tamed albomi bilan davom etdi. Albomda dance musiqa unsurlari sezilib, seksual mavzudagi ijro orqali reklama qilindi. Keyingi ikki yil u oʻzini aktrisalik karyerasiga jalb qilib, bir necha TV va kinosuratlarda ishtirok etdi. RCA Records bilan shartnoma tuzgach, Cyrus 2013-yili toʻrtinchi, Bangerz albomini chiqardi. Uning "We Can't Stop" va "Wrecking Ball" singllari provokatsion musiqa videolari bilan targʻib etildi. Biri 2013 MTV Video Music Awards marosimida janjalli ijro etilgan boʻlsa, ikkinchisi uning Qoʻshma Shtatlardagi ilk birinchi raqamli hitiga aylandi.
Cyrus Disneydan chiqqan eng muvaffaqiyatli artistlardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Cyrus Forbes jurnalining 2010-yilgi Celebrity 100 roʻyxatida oʻn uchinchi oʻrinni oldi.[5] 2011-yilgi Guinness rekordlarida Cyrus “Eng Chartlangan Teenager” deb eʼlon qilindi.[6] 18 yoshida u yettita top-oʻn hit va toʻrtta albom chiqarib ulgurgan edi. 2013-yil oktabrida Cyrus Billboard Hot 100 da toʻqqizda top-oʻn hit yigʻdi.
Filmografiya[tahrir]
| Yil | Nom | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 2003 | Big Fish | Ruthie | Destiny Cyrus ismi bilan |
| 2007 | High School Musical 2 | Havzadagi qiz | Televizion film |
| 2008 | Hannah Montana & Miley Cyrus: Best of Both Worlds Concert | Miley Stewart/Hannah Montana | |
| 2008 | Bolt | Penny | Ovoz |
| 2009 | Hannah Montana: The Movie | Miley Stewart/Hannah Montana | |
| 2010 | The Last Song | Veronica "Ronnie" Miller | Bosh rol |
| 2010 | Sex and the City 2 | Oʻzi | Kameo |
| 2011 | Justin Bieber: Never Say Never | Oʻzi | Kameo |
| 2012 | LOL | Lola Williams | Bosh rol |
| 2012 | So Undercover | Molly Morris | Bosh rol |
| 2014 | Miley Cyrus: Tongue Tied | Oʻzi | Qisqa metrajli film |
| 2015 | Jeremy Scott: The People's Designer | Oʻzi | Hujjatli |
| 2015 | The Night Before | Oʻzi | Kameo |
| 2015 | A Very Murray Christmas | Oʻzi | Netflix |
| Yil | Nom | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 2001 | Doc | Kylie | 3 qism |
| 2006–2011 | Hannah Montana | Miley Stewart/Hannah Montana/Luann Stewart | Bosh rol; 98 qism |
| 2006 | The Suite Life of Zack & Cody | Hannah Montana/Miley Stewart | Qism: "That's So Suite Life of Hannah Montana" |
| 2007 | The Replacements | Celebrity Starr (ovoz) | Qism: "The Frog Prince" |
| 2007 | The Emperor's New School | Mudka's Meat Hut ofitsianti (ovoz) | 3 qism |
| 2009 | The Suite Life on Deck | Hannah Montana/Miley Stewart | Qism: "Wizards on Deck with Hannah Montana" |
| 2011 | Saturday Night Live | Boshlovchi | Qism: "Miley Cyrus/The Strokes" |
| 2012 | Punk'd | Punker | 2 qism |
| 2012 | Two and a Half Men | Missi | 2 qism |
| 2013 | Miley: The Movement | Oʻzi | MTV hujjatli filmi |
| 2013 | Saturday Night Live | Boshlovchi | Qism: "Miley Cyrus" |
| 2013 | Styled to Rock | Oʻzi | Qism: "Miley's Sexy Night Out" |
Diskografiya[tahrir]
- Hannah Montana 2: Meet Miley Cyrus (2007)
- Breakout (2008)
- Can't Be Tamed (2010)
- Bangerz (2013)
Gastrollar[tahrir]
- Best of Both Worlds Tour (2007–08)
- Wonder World Tour (2009)
- Gypsy Heart Tour (2011)
- Bangerz World Tour (2014)
Manbalar[tahrir]
- ↑ Deming, Mark. Miley Cyrus – Biography. Allmusic. Rovi Corporation. October 21, 2009.
- ↑ Phares, Heather (March 24, 2009). Hannah Montana: The Movie - Hannah Montana : Songs, Reviews, Credits, Awards. AllMusic. April 29, 2013.
- ↑ "Miley Cyrus Says She Has No Plans to Retire 'Hannah Montana' Character – Yet". Associated Press. Fox News Channel. September 24, 2009. http://www.foxnews.com/story/0,2933,554920,00.html. Qaraldi: June 6, 2010.
- ↑ Miley Cyrus Biography. The Biography Channel. A+E Networks. August 31, 2013.
- ↑ "The World's Most Powerful Celebrities". Forbes.com. June 29, 2010. http://www.forbes.com/2010/06/22/lady-gaga-oprah-winfrey-business-entertainment-celeb-100-10_land.html. Qaraldi: August 27, 2010.
- ↑ Miley Cyrus Makes ‘Guinness World Records 2011′. Memisupport.wordpress.com (September 18, 2010). January 4, 2012.
Havolalar[tahrir]
|
|