Virjiniya
|
|||||
|---|---|---|---|---|---|
|
|||||
|
Shtat laqabi: |
|||||
| Poytaxt | Richmond | ||||
| Eng yirik shaharlar | Virginia Beach Norfolk Chesapeake |
||||
| Maydon - Butun |
AQSh: 35-oʻrinda 110,785 km² |
||||
| Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 12-oʻrinda 7,567,465 |
||||
| YShM |
AQSh: 12-oʻrinda $329,332 mil. |
||||
| Ittifoqqa kirish - Sana |
10-boʻlib 25 iyun 1788 |
||||
| Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
| Qisqartma | VT [50] | ||||
| Shtat guli | American Dogwood |
||||
| Shtat daraxti | Flowering dogwood |
||||
Virjiniya, Virginiya - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Richmond shahri. AQSh ittifog`iga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin - Virginia Colony, then sovereign state in Confederation.
AQSH ning sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 105,7 ming km2. Aholisi 6,5 mln.dan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Aholining qariyb 47% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Richmond sh. V.ning gʻarbida bal. 1743 m gacha boʻlgan Appalachi togʻ tizmalari, oʻrta qismida Pidmont platosi, sharqida botqoqli Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. Yanv.-ning oʻrtacha t-rasi — G dan 5° gacha, iyulniki 23—26°. Yillikyogʻin 1000 mm. Igna bargli va aralash oʻrmonlar bor.
V. industrial-agrar shtat. Toshkoʻmir, tabiiy gaz va qurilish materiallari qazib chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo (sunʼiy tola, oʻgʻit, portlovchi moddalar i. ch.), elektrotexnika, radioelektronika, tamaki, oziqovqat, ip gazlama, yogʻochsozlik, kemasozlik. Eng yirik sanoat markazi— Roanok sh. Port shaharlari — Norfolk, Portsmut, Nyuport-Nyus, Danvill. Yer-suv asosan yirik fermer xoʻjaliklari qoʻlida. V.ning yer yuzasida eroziya jarayoni kuchli boʻlganidan ekinzorlarning bir qismi yaroqsiz boʻlib qolgan. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Muhim ekinlari: tamaki, bugʻdoy, makkajoʻxori, yer yongʻoq, paxta. Q. x. tovar mahsulotining qariyb yarmi chorvachilikdan olinadi. Koʻproq qoramol, parranda va choʻchqa boqiladi. Baliq ovlash ham rivojlangan. V.ning Atlantika okeani sohilidagi Xempton-Rode gavanida kemalar quriladi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Shtatlar |
Aydaho • Ayova • Alabama • Alaska • Arizona • Arkanzas • Vayoming • Vashington • Vermont • Virjiniya • Viskonsin • Gavayi • Delaver • Jorjiya • Gʻarbiy Virjiniya • Illinoys • Indiana • Kaliforniya • Kanzas • Kentukki • Kolorado • Konnektikut • Luiziana • Massachusetts • Minnesota • Mississippi • Missuri • Michigan • Montana • Meyn • Maryland • Nebraska • Nevada • Nyu-Xempshir • Nyu-Jersi • Nyu York • Nyu-Meksiko • Ogayo • Oklahoma • Oregon • Pennsilvaniya • Rod-Aylend • Shimoliy Dakota • Shimoliy Karolina • Tennessi • Texas • Florida • Janubiy Dakota • Janubiy Karolina • Yuta |
|---|---|
| Federal okrug | |
| Orol hududlari | |
![]() |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
